Sayl boshlandi

Date:

“Marvarid” dam olish maskanida Termiz tumani hokimligi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-ma’rifiy haftaligi doirasida ochiq osmon ostida bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida milliy urf-odat va qadriyatlarimizga bag‘ishlangan turli ko‘rgazmalar, folklor chiqishlari, milliy liboslar namoyishi, sport o‘yinlari hamda intellektual bellashuvlar tashkil etildi. Yoshlar va talabalar tomonidan xalq og‘zaki ijodi namunalarining sahna ko‘rinishlari, g‘azal va she’rlar ijrosi, kuy-qo‘shiqlar taqdimoti yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ularni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish yo‘lida bunday haftaliklarning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, ushbu tadbirlar turizmni rivojlantirish, sayyohlarni keng jalb etishda muhim omil ekanligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun