Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Date:

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi milliy ma’naviy merosni tiklash yo‘lidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Izlanishlar natijasida Nyu-Yorkdagi Hofstra universiteti professori Aleksandr Naymark kolleksiyasida saqlanayotgan qo‘lyozma O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ko‘magida yurtimizga olib kelindi.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lyozma Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, unda Pahlavon Mahmudga tegishli ruboiylar jamlangan. Ishchi guruh tomonidan ilgari ilmiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan 70 dan ortiq ruboiylar aniqlanib, tarjima qilindi. Yaqin vaqt ichida ushbu ruboiylar ilk bor yagona to‘plam sifatida nashr etilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Mashhad shahridagi kutubxonada Pahlavon Mahmudga tegishli deb taxmin qilinayotgan “Kanzul-haqoyiq” manzumasi ham aniqlanib, uning elektron nusxasi olinib tarjima ishlari boshlangan. Ushbu ishlar buyuk alloma merosini tiklash va uni keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Oldingi sahifaTizim o‘rganildi
Keyingi sahifaTil kurslari bepul

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun