Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Date:

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq boshqarmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning maqsadi yoshlarning soliq madaniyatini oshirish, iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdir.

Musobaqada o‘quvchilar rasm, insho va videorolik yo‘nalishlarida o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Yakunda Denov tumanidan Normurodov Asror (eng yaxshi rasm), Sherobod tumanidan Hojiddinova Shaxzoda (eng yaxshi insho) va Angor tumanidan Amonova Ozoda (eng yaxshi videorolik) 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov yoshlarni jamiyatda mas’uliyatli va faol fuqarolar bo‘lib shakllanishiga hamda soliq tizimi haqidagi bilimlarini amalda qo‘llashga undaydi.

Oldingi sahifaBasketbolchi qizlar bellashdi
Keyingi sahifaKelinchak

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun