Termizda Yapon bog‘i barpo etiladi

Date:

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida vohaning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Termiz shahrida Yapon bog‘ini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur loyihani zamonaviy me’moriy yechimlar asosida takomillashtirish hamda uni O‘zbekiston–Yaponiya texnologiya universiteti hududida barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Termiz shahridagi “Yoshlar bog‘i” faoliyati o‘rganilib, hududni yoshlar uchun yanada jozibador maskanga aylantirish, qo‘shimcha attraksionlar o‘rnatish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur tashabbuslar viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun