Fermerlarga kimyoviy madad

Date:

Shelkovo Agrohim.uz kompaniyasi tomonidan g‘alla parvarishida qo‘llaniladigan zamonaviy preparatlar fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislariga tanishtirildi.

Taqdimot tadbirida tuman hokimi Otabek Mavlyanov ishtirok ham etdi. Unda g‘alla yetishtirish jarayonida begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish, hosildorlikni oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan preparatlarni qo‘llash tartibi, me’yorlari va kutilayotgan samaradorlik bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, fermerlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida g‘alla parvarishida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va fermerlarni zamonaviy agroximiyaviy vositalar bilan qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun