Jasorat va mardlik timsoli Sizlar!

Date:

Jamiyatning barqarorligi, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashda ayollarning o‘rni beqiyos. Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xotin-qizlar esa shu haqiqatning yorqin timsolidir. Ular nafaqat xizmat vazifalarini sadoqat bilan bajarib, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatmoqda, balki jamiyatda ayol obro‘si va nufuzini yuksaltirishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Favqulodda vaziyatlar tizimi doimiy shaylik, intizom va jismoniy chidamlilikni talab qiladigan murakkab soha. Surxondaryolik harbiy xizmatchi ayollar maxsus o‘quv va mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, yong‘in, tabiiy ofat yoki favqulodda vaziyatlarda erkaklar bilan yelkama-yelka turib xizmat qilmoqda. Ularning jasorati, tezkorligi va qat’iyati inson hayotini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shuningdek, ular profilaktika, targ‘ibot va tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Xizmat faqat ish vaqti bilan cheklanmaydi: navbatchilik, tezkor chaqiruvlar va rejali tekshiruvlar ulardan sabr-toqat va mas’uliyat talab qiladi. Shu bilan birga, 36 nafar xotin-qiz oila va farzand tarbiyasini ham sidqidildan bajarib, mehribon ona va sadoqatli rafiqa sifatida ham jamiyatga namuna ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo FVB xotin-qizlari har bir kunini el-yurt osoyishtaligiga bag‘ishlab, fidokorona xizmat qilmoqda. Ularning jasorati, matonati va mas’uliyatga sodiqligi – nafaqat xizmatdoshlar uchun, balki butun jamiyat uchun faxr-iftixor manbai, ibratli va tantanavor namuna hisoblanadi. Shu yo‘lda ular kelajak avlodga vatanparvarlik, mehnatsevarlik va jasorat ruhini singdirib, jamiyatning ruhiy va ma’naviy salohiyatini yanada boyitmoqda.                      

Zulfiya Sohibova,

Surxondaryo viloyati FVB

               Axborot  va jamoatchilik bilan 

      aloqalar xizmati yetakchi mutaxassisi 

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Para kanoechilarimiz Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan...

Yangi qo‘mondonlik tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yangi farmon mamlakat harbiy aviatsiyasi...

G‘alaba sari dadil qadam

Sohil kurashi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan...

Fedin taqdiri va ekologik meros masalasi jamoatchilik e’tiborida

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori yaqinida barpo etilgan noyob...
KunTun
KunTun