8-mavsum yakunlandi

Date:

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Loyiha yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotiga keng jalb etish hamda volontyorlik harakatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur mavsum davomida 50 nafar faol va tashabbuskor yoshlar volontyorlik faoliyatining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar. Tadbir yakunida bitiruvchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi, faol volontyorlar esa alohida e’tirof etildi.

Surxondaryo Volontyorlar maktabi yoshlarni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undab, ezgulik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etayotgan muhim maydon sifatida tobora rivojlanib bormoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun