«Sayohat kunlari» qachon?

Date:

Mamlakatda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obyektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida Prezidentning «2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-87-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Jumladan, respublika hududlariga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSH dollariga yetkazish, ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 million nafar mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Va har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
Iyun oyidan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari «Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni» etib belgilanadi. Respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.
2027-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1 martalik subsidiya ajratiladi.
2028-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
2030-yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.
2025-yil 1-iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.
Joriy yil yakuniga qadar Samarqand shahrida «Ipak yo‘lida turizm» tematik ofisi tashkil etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun