IMOM TERMIZIYNING IBRATLI HAYOT YO‘LI

Date:

Biz qachon olimlar hayoti to‘g‘risida o‘qir ekanmiz, bizga ibrat bo‘lgulik hayotiy darslik, hujjat va tarixiy satrlardan bahramand bo‘lamiz va ularning hayotidan ma’naviy ozuqa olamiz. Bizning Termiziy bobolarimiz hayotlari ham asrlarga tatigudek ma’noli va foydali o‘tganligiga shubha qilmaymiz. Jumladan, Imom Termiziy hayoti o‘zining mazmun va mohiyati bilan ko‘pchilikni hayratga solib, yozgan asarlari qanchadan-qancha darsliklar orqati talabalar yo‘lini yoritib kelgan. Ular yozgan asarlar dunyo olimlari yo‘llarini yorutuvchi yog‘du kabi bo‘lgan ekan, biz ham Termiziylar hayoti haqida ma’lumotlar keltirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Imom Termiziy hadis uchun yashadi, barcha sayohatlarini hadis ilmiga bag‘ishlay oldi. U Xuroson, Iroq va Hijoz olimlaridan saboq oldi. U muhaddislar imomi bo‘lmish Imom Buxoriyning shogirdi sifatida o‘zining hadis fiqhidagi bahslari va mulohazalari bilan ustozining e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Allomaning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok, boshqa manbada Muhammad ibn Iso ibn Yazid ibn Savra ibn as-Sakan sifatida keltirilgan. U 209/630-yil zulhijja oyida Termiz shahridan olti farsax uzoqda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida tavallud topgan.
Imom Termiziyning bobosi Savra Marvaziy Marvlik edi. O‘sha bobosi Lays ibn Yasor davrida Bug‘ qishlog‘iga borgan. Ammo Salamiy nisbasi G‘aylon qabilasining bani Salama sulolasidan ekanligi uchundir.
Imom Termiziyning o‘ziga xos imtiyoz va axloqlari:
Imom Termiziy ilmni yaxshi ko‘rgan, shu yulda ko‘p safar qilgan, olimlar bilan suhbat qilgan, ularning suhbati uchun masofa kezgan hamda ularning ilmidan foyda olgan.
Yodlash qobiliyati kuchli bo‘lgan.
Imom Termiziyning yozgan kitoblari:
“Al-jome’ li as-sunan”
“Al-ilal as-sug‘ro”. Bu “Al-jome’” kitobining tarkibida kirish qismidan iborat bo‘lib, kitob yo‘riqnomasi vazifasini o‘taydi. Imom Termiziyning “Jome’”sidan olimlar hamda faqihlar birdek foydalanishgan. Shu kitob bilan bu inson yer yuziga tanildi. Termiziyning o‘zi shu kitob haqida gapirar ekan shunday deydi: “Men bu kitobni yozib bo‘lgach, uni Hijoz olimlariga ko‘rsatganimda, ularga ma’qul bo‘ldi. Men uni Iroqlik olimlarga ko‘rsatdim, ular ham ma’qullashdi. Uni Xuroson olimlariga ko‘rsatdim, ularning qarashlari ham bu kitobga nisbatan yaxshi bo‘ldi. Ushbu kitob kimning uyida bo‘lar ekan, go‘yo uning uyida payg‘ambar gapirib turgandekdir”.
“Shamoil al-Muhammadiya”
“Al-jome’” hamda Imom Temiziyning imtiyozli yo‘li:
“Jome’ at-Termiziy” asari muallifi unga hadisshunoslik ilmi qoidalari keltirishi bilan boshqa jome’lardan ajralib turadi. Ushbu qoidalar ko‘p mehnat va did bilan ishlangandir. Muallif uni “Kitob al-ilal” nomi bilan “Al-Jome’” boblari ichida kitobning boshida keltirgan.
“Al-Jome’”ni boshqa hadis kitoblardan ajratib turadigan imtiyoz va xususiyatlari: Imom Termiziy ushbu kitobda hadisning holatiga qarab, uning darajasi sahih, hasan, g‘arib yoki zaif ekaniga qaror qiladi.
Imom Termiziy haqida olimlarning fikrlari:
Abu YA’lo al-Xalil ibn Abdulloh o‘zining “Ulum al-hadis”kitobida: “Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Shaddodni ulamolar hofizi Qur’on ekaniga ittifoq qilishagan, uning “Sunan”, “Al-Jarh va at-ta’lil” kitoblari bor. Abu Mahmud va ulug‘lar undan rivoyat qilganlar. U omonatdorlik, imomlik hamda olimlik bilan mashhurdir”, – degan.
Ibn Asir: “Termiziy imom va hofiz edi. U yaxshi kitoblar muallifi bo‘lib, ulardan biri “Al-Jome’ as-sahih”dir. U kitoblar ichida yaxshisidir”, – degan.
Imom Zahabiy: “U olim, hofiz va “Al-Jome’”ning egasi hamda ishonchli ekaniga ittifoq qilingandir”, – deydi.
Ibn al-Imod al-Hanbaliy: “U tengdoshlaridan o‘zib ketgan, yodlash va pishiq bilishda hujjat edi”, – degan.
Imom Sam’oniy: “Uni o‘z asrining imomi edi desak, to‘g‘ri baho bergan bo‘lamiz”, – deydi.
Imom Termiziy ilm va amalga to‘la hayotni o‘tab bo‘lgach, 279/892-yil rajab oyida o‘zining qishlog‘i Bug‘da vafot etdi. Alloma butun umrini ilmga bag‘ishlab, avlodlarga o‘zidan benazir ma’naviy meros qoldirdi. Ushbu betakror meros bugungi kunda ham butun dunyo allomalarining hayratiga sabab bo‘lib kelayotgan bebaho xazinadir.

Abbosxon Abdullayev,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Oldingi sahifaSABR VA SHUKRNING FAZILATI
Keyingi sahifaYAXSHILIK…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ehson

— Alo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?— Vaaleykum...

Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Giyohvandlik, psixotrop moddalarga ruju qo‘yish holatlariga afsuski, duch kelmoqdamiz....

MTTda o‘yin maydonchalari barpo etilmoqda

Bog‘cha bolajonlarning sevimli maskani. Do‘stlari bilan vaqtini mazmunli o‘tkazadigan,...

“Turon yoʻlbarslari” bellashishdi

Surxondaryo viloyatida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab...
KunTun
KunTun