Nazorat kuchaytirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd davomida kavrak o‘simligi urug‘larini noqonuniy yig‘ayotgan to‘rt nafar shaxs aniqlandi. Ular Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan tabiiy holda o‘suvchi o‘simlik urug‘larini noqonuniy ravishda olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga ma’muriy choralar ko‘rilib, jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun tovon puli undirilishi belgilandi. Mazkur holat biologik xilma-xillikni saqlash, noyob o‘simliklarni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun