Mehnatdan unayotgan baraka

Date:

Denov tumanining “Cho‘ntosh” mahallasida istiqomat qiluvchi O‘ngal Tursunova uzoq yillar ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilib, yosh avlod tarbiyasiga hissa qo‘shgan ustozlardan biridir. Bugungi kunda nafaqa yoshida bo‘lishiga qaramay, u tomorqachilik va mehnatsevarligi bilan atrofdagilarga ibrat bo‘lib kelmoqda. Uning hayot tarzi yerga mehr va halol mehnat orqali ham baraka topish mumkinligini yaqqol namoyon etmoqda.

Hozirda O‘ngal momo 6 sotix maydonda malina yetishtirib, tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda. Uning aytishicha, malina parvarishi sabr-toqat va katta mehnat talab qiladi, ayniqsa, hosilni shikastlamasdan terib olish alohida tajriba va e’tibor talab etadi.

Mahsulotning bozordagi xaridorgirligi ham bu yo‘nalishning iqtisodiy ahamiyatini oshirmoqda. Erta bahorda malina har uch kunda o‘rtacha 60 kilogrammgacha yig‘ilib, yuqori narxlarda sotilgan bo‘lsa, yoz mavsumida ham barqaror daromad manbayi bo‘lib qolmoqda. Natijada tomorqa O‘ngal momoga nafaqat moddiy daromad, balki ma’naviy qoniqish ham bermoqda.

Bugungi kunda “Cho‘ntosh” mahallasida malina yetishtirish ko‘plab xonadonlar uchun muhim daromad manbayiga aylanib, mahalla iqtisodiyotini rivojlantirayotgan asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lmoqda. Bu tajriba aholining bandligini oshirish, oilaviy daromadni mustahkamlash va tomorqachilik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Halol mehnat va yerga e’tibor esa mahalla farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun