Narkotik savdosining oldi olindi

Date:

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ikki holatda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi. Chegara nazoratida qo‘shni davlat fuqarosi ichki a’zolariga yashirilgan 100 gramm gashish moddasi bilan ushlandi.
Shuningdek, savdo zonasi hududida kuzatuv ostida bo‘lgan yana bir xorij fuqarosi qariyb 49 gramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari boshlandi.
Mazkur holatlar giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, aholi salomatligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun