Nazigul Hayitova e’tirof etildi

Date:

San’at inson hayotiga mazmun olib kiradi. Barcha tuyg‘ular, qarashlar turli bo‘yoqlarda ko‘rina boshlaydi. Musiqa, ohang, ovoz — bari bir butunlikda shunday bir san’at asarini yaratilishiga xizmat qiladiki, tinglash orqali faqat va faqat zavq tuyamiz. Hayotga, yashashga bo‘lgan ishtiyoqimiz oshadi. Poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining barcha ijodiy jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan konsertlar mavsumining unutilmas ochilish marosimida ana shunday chiqishlar keng omma e’tiboriga xavola etildi.
Marosimda har bir chiqish, har bir qo‘shiq alohida mavzu, alohida jihat deyish mumkin. Asosiysi, tomoshabinning vaqti mazmunli o‘tgani bilan baholanadi. Ana shunday konsert dasturida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat bo‘linmasi rahbari Sherzod Xurmatov boshchiligidagi Surxondaryo filarmoniyasi jamoasi ijodkorlari, xonanda va raqqosalari ham faol qatnashdi. Ijodiy jamoaning a’zosi, yakkaxon xonanda Nazigul Hayitova diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...

Qo‘lyozma Vatanga qaytarildi

Buyuk mutafakkir Pahlavon Mahmudga tegishli noyob qo‘lyozmaning Vatanga qaytarilishi...

Tizim o‘rganildi

Aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlashda dori-darmon vositalarining barqaror...
KunTun
KunTun