Ziyo ulashayotgan ustozlarga ehtirom

Date:

Har bir insonning birinchi o‘qituvchisi, qo‘llariga qalam tutqazib o‘qish va yozishni o‘rgatib, ilm bulog‘idan gavhar terishni o‘rgatgan ilk muallimi bor. Hayot bo‘stonidagi niholning daraxtga aylanishi uchun beminnat xizmat qilgan, yoshlarning ma’naviy yetuk va barkamol inson bo‘lib tarbiyalashda hissa qo‘shayotgan ustozlarga doimo e’tibor va ehtirom ko‘rsatilib kelinayotgani zamirida ham ulkan ma’no mujassam. Millatni tarbiyalashda, kelajakning taraqqiy etishida ustoz va murabbiylarning jamiyat uchun fidoyiligi har qachon qadrlanib kelinayotir.
Ana shunday ustozlardan biri sho‘rchilik Norqul G‘oziyevdir. U kishi 38 yil Sho‘rchi tumanidagi 39-umumta’lim maktabida o‘qituvchilik qilgan. Ustozning bir nechta shogirdlari chempionlik darajasiga chiqqan, ba’zilari o‘zi singari ustoz. 42 yil davomida o‘quvchilarga saboq bergan Juma Abdurahmonov, O‘rol Bozorov bugun shogirdlarining e’zozida.
— Shogirdlarimni, yosh o‘quvchilarni ko‘rib quvondim, — deydi Abdunazar Xo‘jamqulov. — 39-umumta’lim maktabidagi o‘quvchi yoshlarga 42 yil geografiya fanidan saboq berdim. Bizni qadrlagan, e’zozlagan shogirdlarimizga rahmat.
Ko‘rsatilgan e’tibordan ustozlarning ko‘ngillari shod bo‘lib, vatanga xizmat qilishga otlangan yoshlarga o‘zlarining o‘gitlarini, bilim tajribalarini ulashish borasida doimo kamarbasta ekanliklarini ta’kidlashdi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun