Surxondaryoning turizm salohiyati xalqaro turizm ko‘rgazmasida…

Date:

Ma’lumki, Surxondaryo viloyati mamlakatimizning yirik sayyohlik salohiyatiga ega qadimiy hududlaridan biri sanaladi. Vohaning o‘tmishdan saqlanib qolgan noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, maftunkor tabiat manzaralari, milliy hunarmandligi qadamjo va ziyoratgohlari tashrif buyurgan sayyohlarga katta qiziqish uyg‘otib kelayotir.
Shuningdek, mehmonlar tashrif chog‘ida vohamizning betakror manzaralari-yu turistik salohiyatidan bahramand bo‘lishmoqda. Bundan tashqari, har yili vohamizga tashrif buyuradigan sayyohlarning soni kun sayin ortib bormoqda.
Kuni kecha Yaponiyaning Tokio shahrida “Tourism Expo Japan 2024” xalqaro turizm yarmarkasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev boshchiligida viloyat turizm sohasi vakillari ham faol ishtirok etdi. Xalqaro ko‘rgazmada yurtimiz, xususan, Surxon vohasining noyob tarixiy obidalari, arxeologik yodgorliklari, milliy hunarmandchiligi, maftunkor tabiati manzaralari dunyoning yuzga yaqin davlatidan tashrif buyurgan turoperator va kompaniyalar vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, xalqaro turistik kompaniyalar bilan o‘zaro sayyohlarni jalb qilish, turpaketlar, turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish, jahonning ilg‘or turizm tajribalarini vohamizga jalb qilish bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun