“Haj” safariga yoʻl olishdi…

Date:

Muborak safarga borish har bir mo‘min-musulmonning orzusi. Ayni kunlarda esa bu boradagi taraddud ayni qizg‘in pallada. Prezidentimizning diniy-ma’rifiy sohada olib borayotgan ishlari va Saudiya Arabistoni podshohligi bilan erishilgan kelishuv natijasida minglab vatandoshlarimizning ko‘nglidagi ana shu muborak orzu o‘z ro‘yobini topayotir. O‘z navbatida safarga borib kelayotganlar ham ibodatlarni emin-erkin bajarish baxtiga muyassar bo‘ishmoqda. Bu borada ularga hukumatimiz tomonidan alohida amaliy yordam ko‘rsatilib, zarur sharoitlar yaratilgan.
Viloyatimizning barcha tumanlaridagi kabi Boysun tumanidan ham 39 nafar fuqaro muborak “Haj” safariga yo‘l oldi. Birinchi navbatda, ezgu niyat ila ular uchun dasturxon yozilib, yurtimiz, yurtboshimiz, xalqimiz uchun duoda bo‘lishliklari, “Haj” amallari va odob-ahloqlari yuzasidan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Yaratganning bayti sari yo‘l olayotgan, orzulari ushalgan insonlarning eson-omon ziyorat qilib kelishlarini so‘rab, xayrli duolar qilishgan bo‘lsa, kuzatuvchilar Ka’batullohga borish ularga ham nasib etishini dillariga tugishdi.
Tadbir davomida nuroniy otaxonlar tomonidan yurtimizdagi jamiiyki ulug‘ ajdodlarimiz ahli musulmonlar haqiga duolar qilindi va fuqarolar “Haj” ziyoratini ado etish uchun safarga jo‘nab ketdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun