3-iyundan 13-iyunga qadar…

Date:

Surxondaryodagi maktablarda yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘quvchi-yoshlarni qabul qilishga shay ekani haqida xabar bergan edik. Albatta, ushbu tashabbus o‘z-o‘zidan, nomigagina boshlangan emas, yoshlarning ta’tilni ko‘ngildagidek o‘tkazishlari, vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari maqsad qilingan.
Shu maqsadda Termiz shahridagi 8-, 12-, 13-, 14-, 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, bolalarga o‘z eshiklarini ochdi. Birinchi kunlardanoq ushbu maktablarda 550 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olingan oromgohlarda fan va san’at to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari ish boshladi. Yoshlar qiziqish va ishtiyoqiga qarab, tanlov qilishgan. Ayniqsa, nonushta, tushlikda bolalarning sog‘lom ovqatlanish rejimiga amal qilingan holda menyular tuzilgani ota-onalarning ham ko‘nglini xotirjam qiladi.
Mazkur kunduzgi oromgohlarda bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, oromgohlar faoliyati 3-iyundan 13-iyunga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun