iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing World Cup — English Competition (WWC 2026) tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
9-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Abdullayeva TA3 yo‘nalishida 100 balldan 81 ball to‘plab, bronza medaliga, 4-sinf o‘quvchisi Sofiya Raupova esa YL3 yo‘nalishida 86 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Har ikki o‘quvchi 2026-yil 28–29-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ushbu natijalar o‘quvchilarning ingliz tilida yozish ko‘nikmalari va xalqaro tanlovlardagi salohiyatini namoyon etadi.

