
Etcetera
Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Institut rektori A. Xasanov kirish so‘zi bilan ochib bergan anjumanda mamlakatimizning sakkizta oliy ta’lim muassasasi vakillari, Germaniyaning Frayburg universiteti vakili hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida rus tilini o‘qitish metodikasi, adabiyot ta’limidagi zamonaviy yondashuvlar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish masalalari to‘rtta sho‘bada muhokama qilindi.
Anjuman ilmiy tajriba almashish, ilg‘or pedagogik usullarni ommalashtirish va filologik ta’lim sifatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish uchun muhim maydon bo‘ldi.

