Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Date:

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir Denov tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasida tashkil etilib, unda tuman IIB boshlig‘i O‘. Shukurov va bo‘linma boshlig‘i S. Jumayeva ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq fuqarolikni olgan yurtdoshlarimiz ushbu voqea ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochganini ta’kidladilar.

Marosimda yangi fuqarolarga samimiy tilaklar bildirilib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglagan holda jamiyat hayotida faol ishtirok etish muhimligi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun