Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida Surxondaryo viloyatida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Viloyat bosqichi doirasida Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Unda viloyatning 15 ta tuman va shahridan kelgan yoshlar jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘z mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etdi.
Bunday musobaqalar yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qiladi.

