Angor tumanidagi 5-son oilaviy poliklinikada Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov hamda viloyat va tuman mutaxassislari ishtirokida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur poliklinika Ulug‘bek, Yangiobod va Xo‘janqon mahallalaridagi 11 400 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘rik davomida fuqarolarning salomatligi baholanib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Tadbir Prezidentning 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi. Bunday ko‘riklar yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, asoratlarning oldini olish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

