“Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida”

Date:

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Muzrabot tuman filiali xodimlari ishtirokida “Kadastr aholi manfaatlari yo‘li” tamoyili asosida sohaga oid aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda hal etish maqsadida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon”lar mezonlari asosida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida ma’lum bo‘ldiki, Muzrabot tumanidagi “Yakkatol” mahallasida jami ko‘chmas mulklar soni 274 ta bo‘lib, turar joylar 269 ta, noturar joylar 5 tani tashkil etadi. Afsuski, ushbu ko‘chmas mulklarning 90 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan, 184 tasi yo‘q.
Noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida kadastr xodimlari tomonidan huquqiy hujjatga ega bo‘lgan xonadonlarning kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amliy yordam ko‘rsatilib, tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun