Termiz shahrida “Inson” markaziga yangi bino topshirildi

Date:

Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini muvofiqlashtirib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganidan xabaringiz bor. E’tiborlisi, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda tuman (shahar)larda joriy yilning 15-oktyabridan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyat ko‘rsata boshlagani ayni muddao bo‘lmoqda. Termiz shahrida zamonaviy sharoitlarga ega “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi foydalanishga topshirildi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tog‘ayev, shahar hokimi O‘.To‘rayev va nuroniylar hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Ma’lumki, Prezidentimizning 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan joylarda aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Shunga asosan endilikda og‘ir ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu markazlar har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, oilalarning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish ishlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2023-yil 29-sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tajriba tariqasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi dastlab Uzun tumanida 2023-yil oktyabr oyida ish boshlangan. Xuddi shunday markazlar bosqichma-bosqich boshqa tumanlarda ham ochilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Termiz shahrida 37 ta mahallada MFYda 18 nafar ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xodimlar tomonidan dastlab, uyma-uy yurib, har bir xonadon holatini o‘rgangan holda iqtisodiy ahvolni tahlil qilmoqda. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash, hamda ma’lumotlarni taqdim etish ishlari samarali tashkil etilmoqda.
— “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahallalardagi ijtimoiy xodimlar tomonidan 49 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatiladi. Endi hududimizdagi 18 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun 2 nafar ijtimoiy assistent biriktirilgan, – deydi markaz xodimi Zafar Narimonov.
Tadbir davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va xodimlar bilan suhbatlashdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Happy kids”da hosil bayrami

Kuz fasli dehqonlarning hosiliga baraka kirib, yig‘im-terim boshlangan davr...

Oliy ma’lumotsiz psixologik yordam ko‘rsatish taqiqlanadi

Joriy yilning 5-noyabrida qabul qilingan «Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish...

Ma’daniy o’rmonzor barpo etiladi

Atrofimiz bogʻ-u boʻstonga, yaxshillikka burkanar ekan, ekologiyamiz, olayotgan nafasimiz...

Umida Omonova gʻolib

Yoshlarning sportda, ijodda, sanʼatda va ilm-fanda iqtidor va isteʼdodlarini...
KunTun
KunTun