Faolligi e’tirof etildi

Date:

O‘quv muassasalarida, sinfxonalarda erta tongdan darslar Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlanadi. Birinchi sinfdan bolajonlarga yuklatiladigan vazifa ham madhiyamizni yod olish bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ta’lim muassasalarida, balki o‘g‘il-qizlarimizni maktabgacha bo‘lgan yoshdanoq madhiya kuylashga, matnini yod olishga o‘rgatish, ularni vatanparvarlik ruhida ulg‘ayishiga xizmat qiladi.
Sariosiyo tumanidagi 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar bu borada ibrat ko‘rsatishdi. Ular haftaning har dushanba kuni Davlat madhiyasini ijro etishadi. Bolajonlarning bunday faolligi Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan munosib taqdirlandi. 8-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasiga maxsus tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Endilikda, har oy yakunida Davlat madhiyasini ijro etishda namuna ko‘rsatgan maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlari ana shunday taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun