Eksportyorlar bilan kengashildi

Date:

Tadbirkorlik, ishlab chiqarish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ishbilarmonlarning tashqi iqtisodiy faoliyati, ya’ni eksport va xorijiy investitsiyani jalb qilgan holda faoliyatini kengaytirishga, har tomonlama rivojlantirishga keng imkoniyatlar berilmoqda. Bu borada yurtboshimiz shaxsan tashabbus ko‘rsatib dunyo mamlakatlari, ayniqsa, rivojlangan, har jihatdan yuksak salohiyatga ega davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida izchil islohotlarni amalga oshirayotir. Ana shu ishlarning davomi sifatida kuni kecha O‘zbekiston-Xitoy xalqaro birinchi iqtisodiy forumi o‘tkazilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Endilikda respublikamizda, jumladan, vohada ishlab chiqarilayotgan sarxil mahsulotlar Xitoy bozoriga ham kirib borishi uchun viloyatimiz rahbari ham ushbu forumda ishtirok etib, qator kelishuvlarga erishdi. Bu esa ushbu yilda eksportni yanada jadallashtirish uchun qulay imkoniyat ekanligidan darak. Buni yaxshi anglagan jarqo‘rg‘onlik mutasaddilar ham tadbirkorlarning, eksportyor korxonalarning faoliyatini yanada jonlantirish, belgilab olingan rejaga muvofiq eskportyorlik ishlarini to‘laqonli bajarishlari uchun yil boshidan kengashib olishdi.
Tumanda 2024-yil eksport rejasini bajarish, eksportbop mahsulotlar yetishtirishni jadallashtirish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari I.Babakulov hamda tuman sektor rahbarlari tumandagi eksportyor korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tuman hokim o‘rinbosari bu yilgi belgilangan eksport rejasini o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

A.Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun