Imkoniyat va sharoit uyg‘unlashsa…

Date:

Kelajakda qaysi kasbni egallashimiz ko‘p hollarda bolalikdagi orzularimiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Qolaversa, qiziqishlarimiz, iqtidorimiz ham boshqa kasbni tasavvur etishga yo‘l qo‘ymaydi. Sho‘rchilik Shahnoza A’zamova ham shirinliklar pishirishni yoshlikdan yaxshi ko‘rgani uchun ham pishir-kuydir sevimli mashg‘uloti edi. Bu qiziqish ulg‘aygani sari maqsadga aylanib, qo‘li shirin pazanda bo‘lib yetishishiga xizmat qildi.
Bu esa Shahnoza A’zamovaning jamiyatda, el orasida hunari ortidan hurmat, e’tibor qozonishiga sabab bo‘ldi. Bundan opaning quvonchi cheksiz. Qahramonimizning shirinliklarini ta’tib ko‘rgan borki, faqat va faqat shu shirinliklarni ko‘ngli tusaydigan bo‘ladi. E’tiborga tushish o‘z-o‘zi bilan bo‘lmagan albatta, buning uchun opaning tinimsiz mehnati, o‘z ustida ishlab, tajribasini oshirgani qo‘l keldi. Ayniqsa, imtiyozli kredit olgani bu yo‘lda o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga sabab bo‘ldi. Hozirda 3 nafar shogirdi bilan 10 turdagi shirinliklarni tayyorlayapmiz. Kelgusida yana imtiyozli kredit olib, faoliyatini kengaytirish niyatida.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun