… samarali foydalanilmoqda

Date:

Bugungi kunda jannatmakon diyorimiz bergan ne’matlardan foydalanib davlatmand bo‘lish faqat va faqat o‘zimizga, qiladigan xizmatimizga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zini sinab ko‘raman degan ham, tajribali fermeru dehqon ham suv bormagan hududlarda ekin qilmayman demaydi, balki o‘ziga munosib imkon yaratishga intiladi.
Bu yo‘lda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 624-sonli qarori dasturil amal bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorga asosan Sariosiyo tumani Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashabbusi bilan 2023-yilda Sariosiyo tumanidagi “Diydor” mahallasida yashovchi tashabbuskor Karimov Husniddinga subsidiya hisobiga bir dona katta hajmli vertikal sugʻorish qudugʻi ishga tushirib berildi.
Natijada 30 nafar fuqaroning 2,8 gektar tomorqasida yiliga kamida 2 marta hosil olish imkoniyati yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun