Tibbiyot — xalqchil tizimga aylandi

Date:

O‘tib borayotgan yil har bir sohada o‘ziga xos iz qoldirdi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasi tubdan takomilashtirildi, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, zaruriy shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida katta qadamlar tashlandi. Muhimi, vohamiz tibbiyotida ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sodir bo‘ldiki, bu har bir vohadoshimiz hayotida, turmush tarzida his etayotir. Bir eslaylik, bir yil avval Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Ulug‘bek Qosimov ham ishni tibbiyot sohasiga e’tibor qaratishdan boshlagan edi. Viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasiga borib, shart-sharoitlar, tibbiy xizmat bilan qiziqqan, zamonaviy tibbiyot kompleksi qurish ishlariga tamal toshi qo‘yib bergan edi. Mana shu o‘tgan davrda sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilinib, mamlakatimizda tibbiyot muassasalaridan tortib, kadrlar faoliyatigacha bo‘lgan jarayon yangi tartibda o‘zgarib, rivojlanish sari yuz tutdi. O‘zbekistonda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash tizimining xizmatlar qamrovini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Agar raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, birgina Surxondaryo viloyatida 2023-yilning o‘zida 13 ta oilaviy shifokorlik punkti va 2 ta oilaviy poliklinikasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari 61 ta “Mahalla tibbiyot punkti” tashkil etilib, ularning soni 237 taga yetkazildi. Qolaversa, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida “Tashabbusli budjet” doirasida joriy yilning birinchi mavsumida 24 ta tibbiyot muassasalarida 24,8 milliard so‘mlik, ikkinchi mavsumida esa 16 ta tibbiyot muassasalarida 19,7 milliard so‘mlik loyihalar g‘olib deb topildi.
Tibbiyotdagi o‘zgarishlar haqida gap ketdimi, albatta, xususiy tibbiyot haqida ham to‘xtalish lozim. Sababi, davlat tibbiyot muassasalari ham laboratoriya tahlili, apparaturalar tekshiruvi uchun bemorlarni aynan xususiy tibbiyot muassasalariga yuborishidan ham aholining ushbu xizmatga talab va ehtiyojini bilish mumkin. Bugungi kunda xususiy tibbiyot muassasalari soni 340 taga yetganini alohida e’tirof etish lozim. Bu esa vohamiz ahliga tibbiyotni tanlash imkoniyatini ham beradi deyish mumkin.
Shu bilan birga, aholiga ixtisoslashtirilgan xizmatlarni yaqinlashtirish va ko‘lamini kengaytirish maqsadida oxirgi besh-olti yilda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada, tibbiyotning barcha bo‘g‘inida tub o‘zgarishlar boshlandi. Sog‘liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlari amalga oshirilishi tufayli mamlakatimizda yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning prinsipial jihatdan yangi tizimi tashkil etildi. Yaqingacha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishga asosan Termiz shahrida jamlanishi yoki tibbiyot sohasi rivojlangan davlatlarga borish zarurati borligi viloyat aholisini tegishli xizmatlardan foydalanishini cheklab qo‘yayotgan edi. Ana shunday imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida viloyatda respublika ixtisoslashtirilgan markazlarning filiallari tashkil etildi. Shifoxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, zamoanviy tibbiy apparaturalar bilan jihozlanishi bilan birga kadrlar malakasining oshirilishi evaziga murakkab jarrohlik amaliyotlari viloyatimizning o‘zida amalga oshirilishi boshlandi.

Onkologik bemorlarni gamma-nur terapiyasi bilan davolash maqsadida viloyatga gamma-nur apparati keltirilib, yiliga 2000 dan ortiq bemor davo muolajaalarini olib kelmoqda. Bundan tashqari, viloyat kariologiya markazi hamda Denov tuman tibbiyot birlashmasiga angiograf apparati keltirish hisobiga shu davrga qadar viloyatimizda amalga oshirilmagan tug‘ma yurak nuqsoni, yurak ishemik kasalligining surunkali va o‘tkir formalarini jarrohlik usulida davolash, bundan tashqari bosh miya, buyrak va katta qon tomirlarining shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklarini davolash hamda yurak aritmiyalarini jarrohlik usulida radiochastotali oblatsiya va elektrokardiostimulyator o‘rnatish kabi amaliyotlar bilan bir qatorda organizmning yurak qon tomir kasalliklari diagnostikasi uchun angiografiya usuli to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Bu esa aholini yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti uchun xorijga emas, balki Toshkentga ham sarson qilmay, o‘z hududida davolanishiga imkoniyat yaratib berildi.
Shu o‘rinda yana bir gap, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining o‘zimizda amalga oshirilayotgani nafaqat bemorlar uzog‘ini yaqin qilish bilan birga ortiqcha mablag‘ini tejashga ham xizmat qildi. Bu yo‘lda ayniqsa, Surxondaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarining aynan shu yilda joriy etilganini alohida ta’kidlash lozim. Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi viloyatimizdagi 3 ta davolash-profilaktika muassasalari bilan hamkorlikda 4 milliard 750 million so‘mlik shartnoma imzolagan bo‘lib, viloyatdagi 585 nafar bemorning 4 milliard 337 million 608 ming so‘mlik yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarining 533 nafar bemorning 3 milliard 994 million 072 ming so‘mlik mablag‘i davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgani fikrimiz isbotidir.
Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida onalar va bolalar o‘rtasida o‘lim darajasini keskin pasaytirish, tibbiyot muassasa va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, asosiysi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi va sifatini oshirish maqsadi mujassam. Quvonarlisi, bularning barchasi inson hayotini arsash uchundir. O‘z navbatida ushbu islohotlarga javoban aholining ham tibbiyot tizimiga munosabati o‘zgardi, savodxonligi oshdi.

Oldingi sahifaONAM
Keyingi sahifaBayramda ham xalq xizmatida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun