Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Date:

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etildi. Unda soliq tizimida joriy etilgan yangiliklar, imtiyozlar va biznes yuritishni soddalashtiruvchi mexanizmlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanishicha, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini soddalashtirilgan tartibda to‘lash imkoniyati yaratilib, qator hisobot majburiyatlari bekor qilindi. Ochiq muloqotlar davomida tadbirkorlar yangi imtiyozlardan foydalanish tartibi, elektron xizmatlar va soliq to‘lovlariga oid masalalar yuzasidan mutaxassislardan javob oldi.

Mazkur islohotlar tadbirkorlik faoliyatini yanada erkinlashtirish, soliq yukini kamaytirish va kichik biznesning barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qilishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun