G‘alabaning mukofoti bor

Date:

Yoshlarga imkon berilsa, ular nimalarga qoir ekanini ko‘rsatishadi. Bu esa faqat va faqat ularga nisbatan faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalariga ham ana shunday imkoniyat berilgan edi, ular turli sport musobaqalarida ishtirok etib, muvaffaqiyatlar qozonishmoqda.
Talaba Azizbek Xolmurodov sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha yopiq inshootlarda barcha yosh toifalari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, O‘zbekiston kubogi sovrindori bo‘lgan bo‘lsa, sportning karate WKF turi bo‘yicha Toshkent shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida universitet talabasi Fayzullo Boymurodov jamoaviy baxslarda faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Shu munosabat bilan universitet rahbariyati tomonidan sportchi yoshlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun