Yangi yildan so‘zlar…

Date:

Chor atrofimiz bayramona bezatilgan. Yorigichlar, zarlar, bezatilgan archalaru bayram qahramonlari chizilgan suratlar qalbimizga bayram shukuhini uyg‘otib yuboradi. Surxondaryo viloyatining har bir hududida bayramga ana shunday hozirlik ko‘rilganki, ko‘rgan ko‘z quvonadi. Uzun tumanidagi Sport maktabi o‘yingohida (Markaziy o‘yingoh) ham Yangi yil bayram archasi qad rostladi.
Tuman ahli bayram archasi atrofida sayr qilib, ko‘ngil yozishayotganini, bu yilgi bayramni suratlarga tushib, manguga muhrlashayotganining guvohi bo‘lish mumkin.
Tuman Madaniyat bo‘limi badiiy jamoalari ham “Yangi yil — orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami” shiori ostida bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rishgan va Yangi yil bayrami archasi o‘rnatilgan ushbu maydonda to‘yga to‘yona sifatida o‘zlarining sahnalashtirilgan bayram konsert dasturlarini namoyish etishga shay.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun