O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4845-sonli “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “Matbuot uyi” binosida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining Surxondaryo viloyatida chiqindilarni yig‘ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish, chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan jamoatchilik eshituvi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining raisi oʻrinbosari Kamoliddin Jumaniyozov raisligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatlari, Kengash a’zolari, oliy ta’lim muassasalardagi tuproqshunos, agronom va ekologik olimlar, o‘rmon xo‘jalik vakillari, ekspertlar, partiya faollari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Jamoatchilik eshituvida so‘z olgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining raisi oʻrinbosari Kamoliddin Jumaniyozov: Bugungi kunda yurtimizda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, chiqindi poligonlarining holatini optimallashtirish, respublikadagi poligonlar sonini qisqartirish va xalqaro moliyaviy manbalar mablag‘larini jalb etgan holda zamonaviy poligonlarni barpo etish, qolgan poligonlarni me’yorlarga muvofiq rekultivatsiya qilib, yopish zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritib, mazkur ishlar nafaqat atrof-muhit muhofazasi, balki bevosita yurtdoshlarimiz salomatligiga daxldor ekanligini takidladi.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish tabiiy resurslarning nes-nobud bo‘lishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Shu jihatdan hududlardagi chiqindi poligonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qolaversa, chiqindi tashish mexanizmi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, mahalliy aholining chiqindi pulini o‘z vaqtida to‘lamayotgani tizimning muqobil ishlashiga to‘sqinlik qilayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir yakunida ishchi guruh sohadagi hisobot va takliflarni tinglagach, muammolar bartaraf etish choralari izlanib, qarorlar qabul qilindi.
Dinara Qo‘zimurotova,
Islom Mengliyev
(surat)