Hukm

Date:

Uchta shaxsga nisbatan o‘lim hukmi o‘qildi. Ular: din peshvosi, oqlovchi (advokat), fizik olim.
Jazo vaqti kelganda, birinchi bo‘lib diniy olimni keltirishdi. Boshini gilotin (boshni tanadan judo qiladigan uskuna) ostiga qo‘yib undan:
— O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? — deb so‘rashdi.
Din olimi:
— Men Allohga ishonaman, Alloh… Alloh… Alloh meni qutqaradi! — dedi.
Gilotin tig‘i zarb bilan tusharkan, boshiga yetmasdan to‘satdan to‘xtab qoldi.
Olomon hayratlanib:
— Olimga ozodlik! Dinga ozodlik! Uni ozod qiling! — deb hayqirdi. Din olimi jazodan qutildi.
Navbat oqlovchiga keldi. Undan:
— O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? — deb so‘rashdi.
U:
— Men din olimichalik Allohni tanimayman! Lekin men adolatga ishonaman! Adolat meni qutqaradi! — dedi.
Uskuna tig‘i tushib uning bo‘yniga yetay deganda to‘xtab qoldi.
Olomon yana hayratlandi.
— Oqlovchiga ozodlik! Yashasin adolat! Uni ozod eting! — dedilar. U qutilib qoldi.
So‘nggi navbat fizik olimga keldi. Undan ham:
— O‘limingdan oldin aytadigan oxirgi gaping bormi? — deb so‘rashdi.
U:
— Men din olimichalik Allohni, oqlovchichalik adolatni bilmayman. Lekin, gilotin arqoni tugun bo‘lib qolgan. Aynan shuning uchun uning tig‘i tushishiga mone’lik qilyapti! — dedi.
Fizikning so‘zi to‘g‘ri chiqdi. Muammoni bartaraf etishdi. Va uning boshini tanasidan judo qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Aholi daromadlari oshiriladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanidagi “Chag‘oniyon” mahallasida...

San’atga oshno etiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga...

Ishsizlar bandlikka yo‘naltirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 173-sonli Farmoniga muvofiq, Sherobod tumanida yashovchi,...

Faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

Mahallalarda aholi bilan bevosita ishlovchi hokim yordamchilari faoliyatiga baho...
KunTun
KunTun