Qisqa hikoyalar

Date:

Gap

Kuz. Dalada ishlar qizg‘in edi.
Betob edi.
Gapirdilar:
Bitta kasalini bahona qilib, uyda o‘-o‘-o‘tirishini qaranglar, tovba-a. Haa dalaga chiq,
chiniqasan! Ishlar qaynab yotgan bo‘lsa. O‘zini bahonasi bu, mana yuribmizku biz ham.
Dalaga chiqdi.
Og‘rilashib qoldi. Bir yil o‘tmay tuproqqa qo‘ydilar.
Yana gapirdilar:
Haa, kasal ekansan nima bor edi dalada?! Uyingda o‘tirib, davolansang bo‘lmasmidi, tovba-a.
Pul aziz bo‘lmay o‘lsinaa, joningdan!

Qo‘rquv

— Pora olgan kunim uyga borgunimga qadar yuragim uvishadi.
— Vijdoning qiynalarkan-da…
— Yo‘q, uyushtirilmaganmi deb hadiksirayman…

Andisha

— Aldayapti. Chuqurroq surishtirsam darrov fosh bo‘ladi. Shunday qilsammikin? Yo‘q, hijolatga qo‘ymay…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun