Denovlik yoshlar muvaffaqiyat qozonishdi

Date:

Sportda erishayotgan yutuqlarimizni eshitganda qalbimizda g‘urur va iftixor tuyg‘usi mavjlansa, yoshlarimiz chempionlardan motivatsiya olishi aniq. Bu borada denovlik sportchilar o‘z erishgan muvaffaqiyatlari bilan o‘rnak va namuna bo‘lib kelishmoqda. Qozog‘istonda sportning karate turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida denovlik sportchi Shodiya Ziyodullayevaning ishtiroki va harakatlari 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Yaponiyada quvonchli voqeaning davomi sodir bo‘ldi.
Denovlik sportchilar Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 8-Jahon chempionatini muvafaqiyatli o‘tkazdi. Sportning karate turi bo‘yicha 17 ta davlatdan kuchli sportchilar ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasida – Denov tumani sport maktabining 2 nafar sportchisi ham munosib ishtirok etdi. Ful-kontakt yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Sherzod Naimov, ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada, Aziza Tursunova 3-o‘rinni egalladi.

Oldingi sahifaQisqa hikoyalar
Keyingi sahifa…grant ajratiladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bahslar murosasiz kechdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida...

Jurnalist faoliyatida etika mezonlari qanday bo‘lishi kerak?

“Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyatida “O‘zbekiston...

Zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatilmoqda

Muzrabot tumanida ta’lim va tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash,...

Yangi turar joy — yangi imkoniyatlar

Muzrabot tumanining Yangi hayot mahallasida barpo etilayotgan besh qavatli...
KunTun
KunTun