Toshko‘mir maydonlari xususiy sektorga beriladi

Date:

Mamlakatimiz qazilma boyliklariga nihoyatda boy. Ular ichida ko‘mir esa alohida o‘rin tutadi. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ana shunday ko‘mir konlari mavjud bo‘lib, viloyatning qator tumanlarida mazkur mahsulotning turli xili qazib olinayotganidan xabaringiz bor. Boysun hamda Sharg‘un konlari ko‘miri sifatining yuqoriligi bilan tillarda doston bo‘lgan bo‘lsa, zaxiraning ko‘pligi bilan boshqa shunday konlardan ajralib turishi ham bor gap. Oltinsoy tumanida ham ochiq usulda yangi ko‘mir konlari o‘zlashtirilib, ishlar jadal sur’atlarda davom etayotir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi toshko‘mir bo‘yicha 5 ta istiqbolli maydonni xususiy sektorga bergani ular uchun muhim va yaxshi yangilik bo‘ldi. Bunday qaror esa geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Aholi esa sifatli hamda arzon ko‘mir bilan ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun