Navro‘z – milliy qadriyatlar timsoli

Date:

Yurtimiz bo‘ylab sharqona ruh, milliy qadriyatlar va qadimiy an’analarga boy Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki kayfiyatda keng nishonlanmoqda. Bahor va yangilanish ramzi bo‘lgan ushbu qutlug‘ ayyom xalqimiz qalbida ezgulik, mehr-oqibat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab kelmoqda.

Xususan, Termiz tumanida ham Navro‘z munosabati bilan turli bayram tadbirlari, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda xalq sayillari tashkil etilib, aholi uchun unutilmas bayram shukuhi yaratildi. Tadbirlarda nuroniylar, yoshlar, turli tashkilot va muassasalar vakillari faol qatnashib, milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari namoyish etildi.

Bayram dasturida milliy taomlar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkalari ham tashkil etilib, ular Navro‘z sayillariga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ayniqsa, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ana shunday tadbirlar yosh avlod qalbida tariximiz va an’analarimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalqimizning hamjihatligi va mehr-oqibati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bayram shukuhi ostida ishtirokchilar bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Navro‘z tantanalari xalqimizning qadimiy an’analari, milliy qadriyatlari hamda inson qadrini ulug‘lash g‘oyalarini targ‘ib etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ayyom insonlarni ezgulikka, birdamlikka va yangilanish sari intilishga chorlab, jamiyatimizda mehr-oqibat va totuvlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayramga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Yilning eng quvonchli va unutilmas bayramlaridan biri — Yangi...

Surxon suv ombori yangi qiyofa kasb etadi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Surxon suv ombori hududida turizmni rivojlantirish, dam...

Zo‘ravonlik: xabar berish tartibi belgilandi

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar...

Futbolchilarimiz eng yaxshilar safida

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolchilari xalqaro maydonda munosib natijalar qayd...
KunTun
KunTun