Xush kelding, Navroʻz!

Date:

Boysun tumanida bahorning eng ulug‘ ayyomi — Navro‘z umumxalq sayli sifatida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Keksa-yu yosh, barcha yurtdoshlar bayramni quvonch va shodlik bilan qarshi olib, milliy qadriyatlarimizga xos fayzli muhitni yanada boyitmoqda.

Navro‘z bayrami munosabati bilan Boysun tumani hokimi aholini samimiy qutlab, yurtdoshlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik hamda xonadonlarga fayz-u baraka tiladi. Ta’kidlanganidek, tinch va osoyishta yurtda bayramlar o‘zgacha shukuh bilan o‘tadi, xalqimizning mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari aynan shunday ayyomlarda yanada yorqin namoyon bo‘ladi.

Bayram tadbirlari doirasida tuman hokimi tashabbusi bilan ilk bor umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan fan olimpiadasi g‘oliblari ham munosib taqdirlandi. Tanlovda yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarga tuman hokimining diplomi, statuetkasi hamda qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tashabbus ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Bayram saylida yangragan mumtoz kuy-qo‘shiqlar, folklor-etnografik jamoalar ijrosidagi milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga unutilmas kayfiyat ulashdi. Ushbu chiqishlarda ajdodlarimizning turmush tarzi, ezgu orzu-intilishlari hamda milliy an’analari o‘z aksini topib, Navro‘zning qadimiy ruhi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Navro‘z — obodlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va yangilanish ayyomi. Boysunliklar ham bu yilgi Yilboshini ana shu ezgu qadriyatlar ruhida, katta shodiyona bilan qarshi oldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun