Voha turizm saloyihatiga bir nazar

Date:

Hech narsa davlatni sport va turizmchalik tezda dunyoga mashhur qila olmaydi.
Qayerda turizm imoniyatlari mavjud bo‘lsa, o‘sha hudud rivojlanadi, dunyo xalqlarining diqqati ham o‘sha nuqtaga qaratiladi. Beixtiyor turizm o‘choqlari sayyohlar oqimini ham o‘ziga tortadi. Turistlar oqimining ko‘payishi iqtisodiy rivojlanish, kattagina sarmoya, hurmat-e’tibor va dunyo darajasida e’tirof etilishiga yo‘l ochadi. Turizmning rivoji madaniy qadriyatlarning yuksalishiga yo‘l ochibgina qolmay, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy tomondan koni foyda.
Bugun ushbu sohani har tomonlama rivojlantirish hukumat darajasida yuksalib, keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Prezidentimiz turizmni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishini oʻtkazgandan soʻng viloyatimizda ham turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun shart-sharoit yaratish borasida juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, deb bemalol ayta olamiz.
Vohamizning o‘ziga xos jihatlari, madaniy va tarixiy yodgorliklari, sayyohlarni o‘ziga jalb eta oladigan turistik salohiyati bor, biroq vohaga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun o‘zlari borishni, sayohat qilishni istagan joylarda miriqib dam olishi, bizga beradigan bahosi, albatta, qulay shart-sharoit va yaratilgan infratuzilmaga ham bog‘liq.
Mahalliy va xorijiy sayyohlarni soʻnggi oylarda sayyohlarning turizm maskanlariga tashrif buyurishi, sayohati mazmunli o‘tkazishi uchun qualayliklar yaratish maqsadida infratuzilmani yaxshilash boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirildi. Xususan, viloyatda xorijiy mehmonlarning talab va istaklari inobatga olinib shinam va barcha shart-sharoitlarga ega mehmonxonalar soni ko‘paydi va yana yangilari qurilmoqda.
Viloyatimizda mavjud, sayyohlar uchun hozirlangan, turar joylar soni 191 taga yetdi, shu jumladan, 46 ta mehmonxona, 9 ta yotoqxona, koʻplab mehmon uylari bunyod etildi. Agar oʻtgan yili mintaqada turizm oqimi 1,0 million kishini tashkil etgan boʻlsa, shu jumladan 852 000 ichki sayyohlar va 148 000 xorijiy sayyohlar va 23.9 million dollarlik turizm xizmatlari koʻrsatilgan, 2023-yilda bu koʻrsatkichlar albatta oshadi. Bizga 90 ga yaqin mamlakatdan, asosan Tojikiston, Rossiya, Afgʻoniston, Turkiya va Qozog‘istondan kelgan chet ellik sayyohlar tashrif buyurishadi. Bugungi kunda mintaqada mavjud tabiiy ekologik, tarixiy, madaniy va terapevtik resurslar va xususiyatlar asosida turistik xizmatlar toʻplami shakllangan koʻplab hududlar mavjud. Boysun tumanidagi Omonxona va Sayrob, Sherobod tumanidagi Chorbogʻ, Oltinsoy tumanidagi Xoʻjaipok qishlogʻlarida tibbiy turizmni rivojlantirish imkoniyati mavjud. Ushbu aholi punktlarida hunarmandchilik faoliyati, togʻ turizmini rivojlantirish, aholining urf-odatlari va imkoniyatlariga asoslangan sport turizmi va turizmning boshqa yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan. Surxon davlat qoʻriqxonasining “Zarautsoy” qoʻriqxona zonasidagi 395,6 gektar yer maydonida koʻplab ekoturizm loyihalari amalga oshiriladi.
Viloyatimizning chekka hududlarida turizm qishloqlari tashkil etilmoqda. Birgina Boysun bugun dunyo e’tibori va e’tirofidagi maskanga aylandi. Buni Boysun tumani YUNYESKO tomonidan sayyohlik mintaqasi deb tan olinganidan ham ko‘rish mumkin. “Boysun bahori” folklor festivali YUNYESKO homiyligida boʻlib oʻtdi, tunda ishlash uchun restoranlar ochilayapti, sayyohlar tez-tez tashrif buyuradigan 102 ta obyektdan aksariyati sayyohlarni yaxshi darajada qabul qilishga tayyor.
“Boysun bahori”ning duvrug‘ini dunyo mamlakatlari juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham ushbu an’anaviy festivalda doim sayyohlar gavjum bo‘ladi. Qolaversa, osori-atiqalarimiz, madaniyatimiz, mehmonnavozligimiz ham xorijiy sayyohlar tiliga tushgani quvonarli. Shuningdek, viloyatda turistik koʻchalar, mahallalar, Sangardak va Omonxona “turizm qishloqlari”ni oʻzlashtirishga tayyorlanmoqda. Boshqa madaniy yodgoliklarimizniku bir chetga qo‘yib turaylik, birgina Sangardak va Omonxonaning o‘ziyoq uncha muncha sayyohni o‘ziga rom etmasdan qolmaydi. Tabbiy geografik sharoit, salqin va bahovo joylar, shifobxash maskan ekanligni alohida ta’kidlab, ushbu hududlarni sayyohlar makoniga aylantira olish borasida allaqachon yirik loyihalar boshlab yuborilgan.
Viloyatimizda 47 ta turistik operatorlar sayyohlarni qabul qilish va joʻnatish boʻyicha malaka oshirish ustida ishlamoqda. Diqqatga sazovor joylarga olib boradigan yoʻllarda uchta tilda yoʻl belgilari oʻrnatilgan. Angor tumanida hunarmandchilik markazi ochildi. Turmarshrutlar barcha yoʻnalishlarda ishlab chiqilgan: buddaviy, kognitiv, tarixiy-me’moriy, gastronomik, tibbiy.
Hozirgi kunda Surxonning qadim qadriyatlari butun dunyoga ma’lumu mashhur bo‘la bormoqda. Xususan, Termiz arxeologiya muzeyi eksponatlari Fransiyada namoyish etildi, shu munosabat bilan madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Luvr bilan birgalikda koʻrgazmaga bagʻishlangan maxsus ilmiy katalogni nashr etadilar.
Bir soʻz bilan aytganda, turizmni rivojlantirish uchun hali koʻp ish qilish kerak, ammo hukumat qarorlari mamlakatning eng Janubiy mintaqasida turizm kelajagiga optimistik qarashga imkon beradi.
Surxondaryomiz yaratganning inoyati bilan chinakamiga turizm o‘chog‘i bo‘lib yer yuzida sayqal topganiga hech shubha yo‘qki, qaysi hududga bormang o‘sha joyda yodgorliklar, dam olish maskanlariga, turizm maskanlariga ro‘baro‘ kelaveramiz. Madaniy va tarixiy joylarning qachon ahamiyati oshadi, qachonki, avvalo, o‘zimiz yaxshi anglasak, borib o‘z ko‘zimi bilan ko‘rib, miriqib dam olib, har birimiz sayohatchiga aylansak, ana shundagina, biz boshqalarni ham vohamizga taklif qila olamiz.

Jo‘rabek Toʻrayev,
Surxondaryo viloyati hokimi oʻrinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Odamlar

Qish. Shahnoza egilibgina avtobusga chiqdi. Bo‘ylari uzun, ko‘hlikkina bu...

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish...

Ipoteka krediti takror moliyalashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 12.02.2025-yildagi O‘RQ-1028-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga...

Bolalar maydonchasi o‘rnida

Ko‘p qavatli uylarning hovlisida bolalar maydonchasi ham quriladi. Ayni...
KunTun
KunTun