Xato va kamchiliklar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyatining drayveri — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, g‘allachilik va paxtachilik hisoblanadi. Shunday ekan tizimda mahsuldorlikka erishish maqsadida soha mutaxassislaridan tinimsiz mehnat qilmoqlik, izlanishlar olib borib, yangidan-yangi texnologiyalarni jalb etmoqlik talab etiladi.
Albatta, g‘alla va g‘o‘zani parvarishlash jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Birgina e’tiborsizlik, vaqtida qilinmagan qarov butun bir mehnatni, hosilni yo‘qqa chiqarishi aniq.

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari N.Karimov hamda qishloq xo‘jaligiga mas’ul rahbar va tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi fermer xo‘jaliklariga va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, g‘alla va paxta maydonlarini sug‘orish, o‘g‘itlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan holda hosil unumdorligini oshirish, g‘alla va g‘o‘za parvarishi doirasida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, dala atrofini tozalash, fermer xo‘jaligi rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun