Oltmish yillik hayajon

Date:

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu maktab yillaridir. Oradan qancha vaqt o‘tmasin, birga kechgan bolalik xotiralari, maktabdagi quvnoq lahzalar va ustozlar nasihati qalb tubida abadiy saqlanib qoladi.Yaqinda maktabni tamomlaganiga
60 yil bo‘lgan bir guruh sinfdoshlar ana shu ezgu tuyg‘ular og‘ushida yana bir davrada jam bo‘lishdi. Uchrashuv samimiyat, mehr va ezgu xotiralarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbirda bir paytlar bir sinfda tahsil olgan, orzu-havaslar bilan katta hayot sari qadam qo‘ygan tengdoshlar bugungi kungacha bosib o‘tgan hayot yo‘llari, mehnat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida suhbatlashdilar. Qalblarni to‘ldirgan shodlik va hayajon ularni yana yoshlik yillariga qaytargandek bo‘ldi.
— Rostini aytsam, bugun o‘zimni yana maktab o‘quvchisidek his qildim. Oltmish yil oldingi xotiralar ko‘z o‘ngimda gavdalandi, — deydi Ergash bobo Yuldashev. — Birga o‘qigan do‘stlarim bilan yana diydorlashish, o‘tgan kunlarni eslash qalbimni quvonchga to‘ldirdi. Hayot har kimni turli manzillarga boshlagan bo‘lsa-da, bizni birlashtirib turgan qadriyat — bu do‘stlik va inson mehri ekanini yana bir bor angladik. Shunday uchrashuvlar insonga kuch-quvvat, yaxshi kayfiyat va yashash zavqini bag‘ishlaydi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar ustozlari xotirasini hurmat va ehtirom bilan yod etib, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun shukronalar aytishdi. Yoshi ulug‘ avlod vakillarining samimiy suhbatlari, hayotiy tajribalari va ezgu tilaklari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Nigina Shoyeva,
jurnalist

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun