“Kumush xirmon” mo‘l bo‘ldi

Date:

Egnida yal-yal tovlanib atlas-u adraslarda davralarning “guli”ga aylanadigan qiz-juvonlarni ko‘rganda, bolalikda oilamiz bilan birga pilla boqqan kezlarim yodimga tushaveradi. Ipak qurtini mittiginaligidan parvarishlab, tut bargini birma-bir to‘g‘rab, misoli go‘dak kabi papalab o‘stirgan, tunlari mijja qoqmay ozuqa berib chiqadigan mehnatkash pillakorlargina “kumush tola”ning qadrini boshqalardan ko‘ra ko‘proq bilsa kerak.
Ipakchilik ham serdaromad sohalardan biriga aylanib bormoqda. Qolaversa, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilmoqdaki, xotin-qizlar bandligini ta’minlashda pillachilik muhim omil bo‘layotir. Ilgari xonadonlarda boqilgan pilla bugun katta-katta zvenolarda ham boqish yo‘lga qo‘yilgani fikrimiz tasdig‘idir.


Bugungi kunda mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtboshimizning sohaga boʻlgan alohida e’tibori tufayli tarmoq qisqa davr ichida yetakchi ishlab chiqarish sohalaridan biriga aylandi.
Surxon vohasi tabiati va iqlimining oʻziga xosligi qishloq xoʻjaligi uchun qulay hudud sanaladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish qatorida ipak qurti parvarishi ham oʻtgan yillar mobaynida takomillashib, voha pillakorlari toʻrt mavsum pilla yetishtirishni yoʻlga qoʻyishdi.
Qiziriq tumani pillakorlari ham bu borada ildamlardan. “Kumush tola”larga oʻz mehrini berib, yetishtirayotgan ilgʻor pillakorlardan biri hoji ona. U kishining parvarishlayotgan ipak qurtlari tumanda birinchilardan bo‘lib mo‘yakka kirdi. Pillakorning ipak qurti yetishtirish tajribasi, ish tutumi tuman hokimi Sh.Rajabov e’tiboriga tushdi. Tuman hokimi ushbu xonadonga borib, pillakor onaxon bilan uni yetishtirish yuzasidan dildan suhbatlashib, pillachilik sohasida erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va esdalik sovgʻalari topshirdi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun