AFG‘ONISTONLIK BOLALARNING MOSLASHISHI UCHUN…

Date:

Farzand niholga o‘xshaydi, parvarishi ham xuddi shunday. Endigina unib chiqqan niholni to‘g‘ri o‘stirish yo u yoqdan bu yoqqa o‘tkazish uchun ham qulay mahalni tanlaymiz. Aks holda uni tutib ketishi amri mahol. Bu jihatni farzandlarimiz hayoti bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, bir maktabdan ikkinchisiga ko‘chiriladigan yoki qo‘shni viloyat va ayniqsa, qo‘shni davlat — Afg‘onistondan ko‘chib keladigan fuqarolarning farzandarini yurtimizda tahsil olishi, ta’lim jarayonini davom ettirishi ham oson emas. Albatta, bola ruhiyatida o‘zgarish sodir bo‘ladi. O‘rgangan muhit, ko‘nikib qolgan do‘stlaridan uzoqlashish oson kechmaydi. Maktabga borishni istamasligi ham hech gap emas. Ko‘nikish va moslashish uchun ham vaqt, ma’lum muddat kerak bo‘ldi.
Ana shunday sharoitda to‘g‘ri yo‘l tutish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda BMTning bola huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti (UNISEF) ko‘magida Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan Afg‘oniston fuqarolarining farzandlari uchun maktabga moslashish to‘garaklari tashkillashtiriladigan bo‘ldi.
Shu madqsadda, maktablardan 4 nafardan, jami 12 nafar o‘qituvchi-pedagog tanlab olindi va ular uchun viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Afg‘oniston fuqarolarining farzandlari uchun to‘garak mashg‘ulotlarini tashkillashtirish bo‘yicha tushuntirish berildi. Bunda albatta, bola psixologiyasidan kelib chiqib yondashiladi. Avvalo o‘quvchi kuzatiladi, fe’l-atvori o‘rganilib, shundan kelib chiqib, turli metodlardan foydalanilgan holda moslashish jarayoni boshlab yuboriladi. Bu esa o‘quvchining atrofdagilarni qabul qilishi, aralashib ketishi bilan birga ta’lim-tarbiyadan uzilib qolmasligiga ham xizmat qiladi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun