Jarima 5 baravar ko‘p undiriladi

Date:

Ona tabiatni asrash, ekologiyani toza saqlash uchun dunyoni yashil makonga aylantirishga bel bog‘laganmiz. Respublikamiz bo‘ylab daraxt ekish ommaviy tus olgan. Bu ishda yosh-u keksa o‘z xissasini qo‘shib, bitta bo‘lsa-da daraxt ko‘chatini ekishga tutingan. Afsuski, mana shunday ommaviy harakatlarimizga qaramay, ba’zilarning guruchdan chiqan kurmak kabi daraxt va butalarni kesish holatlari, ushbu tiriklikka o‘tin sifatida qarash hollari uchrayotgani ayanchli. Shunday ekan bunday holatlar choralarni kuchaytirishni talab etadi. Shu sababdan ham daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga jazo choralari ham belgilandi. Moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga, daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.
Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (300 ming so‘m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Bunday choralar har birimizni ogohlikka, ona tabiatga nisbatan mehrli bo‘lishga chorlasa, ajab emas. Hech bo‘lmasa, jarima to‘lashdan qo‘rqsak-da, daraxtlar tanasiga bolta urishdan tiyilsak…

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Volksvagen — o‘zimizda ishlab chiqariladi

O‘zbekiston bozori — ayni paytda o‘sishda davom etayotgan va...

Xizmat yanada rivojlanmoqda

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti hamda...

Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha...

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video...
KunTun
KunTun