Muvaffaqiyatlardan maqtanib…

Date:

Talaba-yoshlar o‘qish o‘rganish bilan birga ijodiy mahoratlarini oshirish, sportdagi mashg‘ulotlarini davom ettirishga-da vqt topayotir. Talabalik davrining har bir soniyasidan unumli foydalanayotgan yoshlarning muvaffaqiyatlari ham maqtashga arzigulik.
Kitobxonlikda, san’atda, ijodda-yu IT sohasida o‘zini sinayotganlar haqida eshitib, rosti o‘zbek yoshlari bilan faxrlanishni boshlaymiz. Birgina sport sohasini oladigan bo‘lsak, Toshkent shahrida ayollar va erkaklar o‘rtasida sportning dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Jahongir Mamatraximov ham ishtirok etib, o‘z mahorati va imkoniyatlarini ishga soldi. Natija esa yomon emas. Yosh dzyudoshi 90 kilogramm vazn bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun