RAQIBLARIN YENGIB…

Date:

Farrux Norchayev nomini ko‘pchilik yaxshi tanimas, ammo Sho‘rchi tumanining “Ko‘klam” mahallasi ahli yaxshi biladi. Shu mahallada ulg‘ayib, sportga mehr qo‘ygan. Yoshligidan karate sport turi bilan shug‘ullanib, chiniqqan o‘g‘lonning nomini endi nafaqat respublikamiz, balki dunyo ahli ham yaxshi taniydigan bo‘ladi.
Sababi Farrux Tailandning Pattayya shahrida muay-tay bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan XVII jahon chempionatida ishtirok etdi. Aytish kerakki, sayyoramizning 50 ga yaqin davlatidan borgan sportchi yoshlar ishtirok etayotgan dunyo birinchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi eng ko‘p sportchi bilan ishtirok etmoqda.
E’tiborlisi, +71 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etayotgan Farrux Norchayev finalga yo‘l oldi. Sho‘rchilik yosh sportchi yarim final bosqichida fransiyalik Ayub Bauazzani mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa davomida italiyalik raqibi ustidan ham g‘alaba qozonib, jahon chempioni bo‘ldi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun