Kuzda ham bozorga qulupnay chiqmoqda

Date:

Qulupnay mevasi S vitaminiga boy. Shuning uchun u immunitetni mustahkamlaydi. Ozishni ko‘ngliga tukkanlar hech ikkilanmay qulupnayxo‘rlik qilishlari mumkin. Aslo ortiqcha vazn to‘planmaydi. Bu meva erta bahordan yoz o‘rtalarigacha bisyor bo‘lsa, kech kuzda ham xo‘rrandalarini xafa qilmaydi.
Qulupnay nafaqat xushxo‘r meva, balki daromad manbai hamdir. Sho‘rchi tumanidagi “Kushon” mahallasida istiqomat qiluvchi Azimjon Ro‘ziyev qulupnay yetishtirishning ustasi. U tomorqasidagi 2 sotix issiqxonasiga qulupnayning seolxang navini ekib, mehr bilan parvarshi qilmoqda. Bu ish u uchun sevimli mashg‘ulotga aylanib ulgurgan. Shu sababdan ham qulupnaylariga rang kirsa, o‘zida yo‘q quvonadi. Ayni kunlarda esa qulupnaylari mo‘l hosil berib, bozorga peshma-pesh yetkazib berayotir.

– Qulupnay ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, sovuqqa, turli kasalliklarga chidamliligi, ya’ni kuzda pishib yetilishi, inson organizmi uchun shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi, – deydi Azimjon Ro‘ziyev. –Tomorqamizda yetishtirilgan hosilni oila a’zolarimiz bilan terib, bozorlarimizni ta’minlash bilan birga, ro‘zg‘orimiz farovonligini ham ta’minlayapmiz. Mehnatimiz, dehqonchiligimiz, ortidan hayotimiz farovon dasturxonimiz to‘kin sochin.
Aytish kerakki, tansiq hosil uni yetishtirganni, mehnati singanni kam qilmayapti. Kilosi 45-50 ming so‘mdan sotilganidan foydani hisoblab ko‘ravering.
Azimjon Ro‘ziyev uchun qulupnay o‘stirish qiyin mashg‘ulot emas, boshqa ekinlardek kunlar sovishi bilan tuplarini plyonka bilan o‘rab, sovuqdan himoya qilib yotmaydi. Ko‘klamda esa yana jonlanib, hosilga kiraveradi. Qulupnay ko‘p yillik o‘simlik, uni bir eksangiz, kamida to‘rt yil davomida yaxshi hosil beradi. Faqatgina kerakli mineral va organik o‘g‘itlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirib turilsa, kifoya. Bir marta sarf-harajat qilasiz-da, 4 yil davomida foydasini ko‘rsangiz, yomonmi?
Azimjon Ro‘ziyevning qulupnaychilikdagi tajribasidan mahalla ahli o‘z o‘rnida foydalanib, kelgusida qulupnaychilikka ixtisoslashsa, ajab emas.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

678 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Denov tumani "Yoshlik" mahallasi Alamjahon qishlog‘i aholisi uchun diametri...

Mashg‘ulotlar boshlandi

O‘zbekistonda qirg‘iz-o‘zbek kompyuter qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlar 14-oktyabrga...

Kaskad usulida…

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan AQShning Mehribonlik korpusi...

“Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi

Ezgu amallarni o‘zida mujassam etgan “Yashil makon” umummilliy harakati...
KunTun
KunTun