“Eng namunali ota-ona” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Date:

Sizningcha namunali, ya’ni risoladagidek ota-ona qanday bo‘ladi? Ularning qanday sifat va jihatlarini yoshlarga, farzandlariga o‘rnak qilib ko‘rsatish mumkin? Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Maktab, mahalla va oila” hamkorligini mustahkamlash maqsadida “Eng namunali ota-ona” ko‘rik-tanlovida berilgan shartlar va sinovlardan o‘tgan ota-onalar ayni savollarga amaliy tarzda javob qaytara oldilar. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muasassasida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning amaldagi ijrosi bo‘ldi.

Tanlovda besh nafar ota-ona belgilangan beshta shart asosida bellashdilar. Ularning farzandlari esa eng yaxshi ko‘makchi bo‘ldi deyish mumkin. Ota-ona bo‘lish mas’uliyat talab etadi. Har qanday vaziyatda va holatda to‘g‘ri yo‘l tuta bilish, eng maqbul qarorni qabul qila olish joiz. Qolaversa, farzandlar taqdirida, tarbiyasida ham bu qarorlar, ularning yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Bellashuv samimiy, do‘stona ruhda o‘tdi va har bir ishtirokchi ota-ona o‘z tajribalarini, bilimlarini namoyon etib, qanday ota-ona ekanliklarini ko‘rsatishdi.
Tanlov yakunida ishtirokchilar tashakkurnoma va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun