30 ta oltin, 3 ta kumush…

Date:

Maktabni tamomlayotgan yigit-qizlar qalbida bir olam hayajon. Ularni qo‘llab-quvvatlash, kelgusi maqsadlariga turtki berish maqsadida Angor tuman hokimi Shohjahon Abdullayev bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqidagi fikrlar bilan boshlangani ularni ruhlantirdi shekilli, bitiruvchilar o‘zlarining takliflari, ko‘nglida kechayotgan o‘y-fikrlarini bildirdilar.

Aytish kerakki, 2021-2022-oʻquv yili yakunida tumandagi 45 ta umumtaʼlim maktabida tahsil olgan 1441 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi. 4 nafar bitiruvchi respublika fan olimpiadalaridagi munosib ishtiroki uchun oliy ta’limga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Umumtaʼlim maktablarini aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomlab, yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilarga 30 ta oltin, 3 ta kumush medal topshirilgani yutuqlarning davomi bo‘ldi deyish mumkin.
Bugunning yoshlari til o‘rganishda, soha sirlarini egallashda ishtiyoq bilan kirishgan. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik yo‘lini tutmoqchi bo‘lganlarning g‘oyalari, rejalari ularni shubhasiz mvaffaqiyatli biznes tomon yetaklayapti. Demak, farzandlarimiz o‘z yo‘lini tanlagan ekan ertangi kunga ishonchimiz yanada ortadi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun